O‘zbekiston | 07:38 / 03.06.2022
6636
2 daqiqa o‘qiladi

Yerusti metro yo‘nalishlari ostidagi yer maydoni ijaraga beriladi 

“Toshkent shahrida barpo etilayotgan yerusti metro liniyalari ostida joylashgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Toshkent metropolitenining “Do‘stlik–Qo‘yliq” yerusti metro yo‘nalishi 1–5 bekatlari oralig‘idagi yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida quyidagilar tashkil etiladi:

  • piyodalar va velosiped yo‘laklari;
  • avtoturargohlar;
  • aholi sayr qilishi uchun sayilgohlar;
  • bolalar va sport maydonchalari.

Yerusti metro yo‘nalishlari ostida joylashgan tegishli yer maydonlari xatlovdan o‘tkazilgan holda ularning yerusti metro yo‘nalishlari faoliyatiga ta’sir qilmaydigan qismi Toshkent shahar hokimligi zaxirasiga o‘tkaziladi.

Ushbu yer maydonlari fudtrak hamda yengil turdagi qurilmalarni qurish va joylashtirish uchun “E–Auksion” elektron savdo platformasi orqali 5 yil muddatga ijara huquqi bilan, istisno tariqasida, 12 oyga teng ulushlarda bo‘lib to‘lash sharti bilan savdoga chiqariladi.

Auksion savdolari orqali olingan yer uchastkalarida savdo va xizmat ko‘rsatish, tayyor holdagi ovqatlanish mahsulotlari bilan savdo qilish shoxobchalari, kitob do‘konlari, avtoturargohlar hamda madaniy hordiq chiqarish va sport maskanlari barpo etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid