Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Lacetti»ni boshqargan 21 yoshli qiz YTH oqibatida vafot etdi
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘lim bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Poytaxt IIBB holat haqida ma’lumot berdi.
2022 yilning 4 iyun kuni taxminan soat 00:25 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Oqqo‘rg‘on ko‘chasida «Lacetti» rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan 21 yoshli S.N. boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi yoritish ustuniga urilgan.
YTH natijasida «Lasetti» rusumli avtomashina haydovchisi S.N. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, biroq tibbiyot xodimlarining urinishlariga qaramay, u jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
IIBB xabarida aytilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:55 / 12.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli turar joy qurish uchun berilgan xulosa sudda bekor qilindi
16:51 / 24.04.2025
Toshkentda kamera yo‘q xonada bolani urgan bog‘cha xodimi ishdan olindi
11:37 / 22.04.2025
Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi 30 maygacha yopiladi
15:58 / 18.04.2025