Jahon | 13:09 / 07.06.2022
33532
5 daqiqa o‘qiladi

O‘rmonlardagi harbiylar va dalalardagi fermerlar. Urush suratlari

Urushning 103-kuni o‘tdi. Lugansk oblasti rahbari Sergey Gaydayning ma’lum qilishicha, Rossiya Severodonetsk va Lisichanskni to‘liq nazoratga olish harakatlarini davom ettirmoqda, ammo ukrain armiyasi mudofaani ushlab turibdi. Ukraina TIV Kiyev rossiyalik harbiy asirlarni janglar tugaganidan keyin ozod qilishga tayyor ekanini, ammo harbiy jinoyatlar sodir etganlarni sud qilish huquqini o‘zida qoldirishini aytdi. Rossiya Ukrainaga «Azovstal» mudofaachilarining jasadlarini qaytara boshlagan: Associated Press ma’lumotiga ko‘ra, Kiyevga o‘nlab jasadlar yetkazilgan.

Ukraina prezidenti matbuot xizmati 5 iyun kuni Donbassdagi front chizig‘iga borgan Volodimir Zelenskiyning hududdagi harbiylar hisobotini tinglash chog‘idagi suratini e’lon qildi.

Quyida 6 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Donetsk

O‘t o‘chiruvchi rossiyaliklar zarbasidan keyin omborxonada chiqqan yong‘inni o‘chirmoqda. Surat Oleksandr Yermochenko (Reuters) tomonidan tushirilgan — bu uning yaradorlikdan keyin olgan ilk surati: fotograf 3 iyun kuni hamkasbi, operator Pavel Klimov bilan birga ketayotganida yaralangandi. Ularning haydovchisi halok bo‘lgan. Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetskdagi yonayotgan omborda ishlayotgan o‘t o‘chiruvchi. DXR hukumatiga ko‘ra, o‘tgan kun davomida Ukraina qurolli kuchlari Donetsk va unga qo‘shni bo‘lgan Makeyevkani o‘qqa tutishgan. Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari Donetskdagi front chizig‘i yaqinida tankda harakatlanmoqda
AP Photo/Bernat Armangue

Donbass shimoli 

Limanga olib boruvchi yo‘ldagi vayron qilingan ko‘prik, shahar ayni vaqtda Rossiya kuchlari nazoratida
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastida ukrainlar tanki. Hozirda asosiy janglar Donbassda kechmoqda: Rossiya qo‘shini Severodonetsk va Lisichanskka hujum qilmoqda, ukrain armiyasi mudofaani saqlab turibdi. Foto: Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Bombardimon vaqtida pana joyga yugurayotgan ukrain harbiysi
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Lisichansk o‘qqa tutilishi vaqtida vayron qilingan maktab. Volodimir Zelenskiy kechqurungi murojaatida shahar ayni vaqtda urushning eng qaynoq nuqtasiga aylanganini aytdi. Foto: Marcus Yam / LA Times / Getty Images
Ukrain harbiylari tankni shox-shabbalar bilan bekitmoqda
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Ukraina harbiy xizmatchilari front chizig‘i yaqinida gaubitsalar uchun snaryadlarni tayyorlamoqda
Reuters / Scanpix / LETA
Gaubitsalardan o‘t ochilishi. Foto: Reuters / Scanpix / LETA
Soledar yaqinidagi bug‘doy ekilgan dalaga tushgan Rossiya raketasi parchasi
AP Photo/Bernat Armangue
Soledar yaqinidagi dala maydonida ishlayotgan fermerlar — bu shahar Severodonetskda Rossiya armiyasiga qarshi turgan ukrain harbiylari ta’minoti o‘tadigan yagona yo‘l bo‘yida joylashgan. Soledarning o‘zi ham doimiy ravishda zarbalarga uchramoqda.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
46 yoshli Natalya Tishchenko 7 yoshli o‘g‘li Yaroslav bilan. Oila ikki oydan buyon Donetsk oblastidagi Velikaya Novoselka posyolkasida bombapanagohda yashamoqda. Ularning uyi aviazarbalar oqibatida vayron bo‘lgan. Foto: Marcus Yam / LA Times / Getty Images

Kiyev oblasti

Bombardimon qilingan Mostishche qishlog‘ida o‘z mashinasi qoldiqlarini ko‘zdan kechirayotgan kishi.
Natacha Pisarenko / AP / Scanpix / LETA
Gorenka qishlog‘ida vayron qilingan ibodatxona hududini tozalash bilan shug‘ullanayotgan ayol dam olmoqda. Rossiya armiyasi qishloqqa kirmagan, ammo uni o‘qqa tutgan: bu yerda 600 ga yaqin uyni ta’mirlashga to‘g‘ri keladi. Foto: Natacha Pisarenko / AP / Scanpix / LETA
Kiyevdagi Maydan maydonida «Help» («Yordam») so‘zini hosil qilgan qum to‘ldirilgan qoplar oldidan o‘tayotgan kishi
AP Photo/Natacha Pisarenko

Xarkov

Qabrga o‘rnatiladigan xoch olib ketayotgan kishi
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid