Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganch shahri hududi kengaytiriladi
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi tomonidan Urganch tumani yer maydonlarini qisman Urganch shahri tarkibiga o‘tkazish, Urganch tumani va Urganch shahri ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga iltimosnoma kiritildi.
Unga ko‘ra, Urganch tumanining 2812,38 gektar (shundan qishloq xo‘jaligi yerlari 709,0 gektar) yer maydoni Urganch shahri hududiga o‘tkaziladi. Ma’muriy-hududiy birliklarning yangi chegarasi belgilanadi.
Kengash qarori prezidentning 2012 yil 6 dekabrdagi «Xorazm viloyatining obodonchilik va aholi suv ta’minotini tubdan yaxshilash, Urganch shahar bosh rejasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, «O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida»gi qonuni va «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunga asoslangan.
Loyiha tasdiqlansa, Urganch shahri va Urganch tumani o‘rtasidagi ma’muriy-hududiy chegaraning umumiy perimetri 44462,01 metrni, shaharning umumiy maydoni esa 5702,34 gektarni tashkil etadi.

Mavzuga oid
10:55 / 06.05.2025
Chegarada ushlab qolingan madaniy boyliklar summasi ma’lum qilindi
16:52 / 29.04.2025
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarani tikanli simlar bilan to‘sishni boshladi
18:28 / 08.04.2025
Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi
16:31 / 08.04.2025