Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qashqadaryolik soxta ichki ishlar xodimi ushlandi
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 2 iyun kuni IIV Shaxsiy tarkib bo‘yicha Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Urgut tumanida joylashgan Omonqo‘ton YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Olingan ma’lumotga asosan tadbirda Qashqadaryo viloyatidan harakatlanib kelayotgan Cobalt mashinasi to‘xtatilgan. Mashinada bo‘lgan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi 25 yoshli shaxs Ichki ishlar organi xizmat kiyimida tushgan fotosurati mavjud bo‘lgan soxta xizmat guvohnomasini YPX xodimlariga taqdim etgan paytda ushlangan. Guvohnoma ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqand viloyati Ishtixon tumanida ham soxta IIB xodimi ushlangan va u Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi shaxs bo‘lib chiqqandi.
Mavzuga oid
10:50 / 02.05.2023
Samarqandda soxta huquqni himoya qiluvchi idora xodimi ushlandi
18:50 / 20.04.2023
Sirdaryoda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning soxta xodimi ushlandi
10:24 / 16.06.2022
Samarqandda soxta ichki ishlar xodimasi qo‘lga olindi
16:32 / 19.03.2022