O‘zbekiston | 13:07 / 14.06.2022
9090
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo va Farg‘onada yer silkinishi qayd etildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, bugun, 14 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:35 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 35,99 gradus shimoliy kenglik; 71,24 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 100 km. 

Seysmoprognostik markaz ma’lumotiga ko‘ra, zilzila episentri Toshkentdan 612 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston hududida yer silkinishi sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 2-3 ball, 380 km;
  • Farg‘ona viloyatida 2 ball, 490 km.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid