Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliygohlarda o‘qitilayotgan kamida 60 ta yo‘nalish texnikumlarga o‘tkaziladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini kasb-hunarga o‘qitishni takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Yig‘ilishda Oliy ta’lim vazirligiga ayrim ta’lim yo‘nalishlarini oliygohdan texnikumga berish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
«Misol uchun, Iqtisodiyot universitetida turizm menejmenti, reklama ishi, mehnat muhofazasi, Transport universiteti va Andijon mashinasozlik institutidagi avtomobil servisi yo‘nalishlarini texnikumlarga o‘tkazish bo‘yicha yetarli baza mavjud. Bunday kasblar o‘nlab topiladi», deyiladi rasmiy xabarda.
Texnikumlari mavjud 62 ta oliygoh rektorlariga:
- oliygohlarda o‘qitilayotgan kamida 60 ta yo‘nalishni texnikumlarga o‘tkazish;
- texnikumlarni o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklar bilan ta’minlash;
- texnikumlarda o‘zining kafedralari filiallari va o‘quv laboratoriyalarini tashkil etish topshirildi.
Kelgusi yil 1 yanvardan boshlab ilmiy darajasi bor texnikum o‘qituvchilari ish haqi oliygoh o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi.
Mavzuga oid
14:35 / 11.01.2025
O‘zbekistonda “Yashil” texnikumlar tashkil etiladi
12:32 / 22.10.2024
Profta’lim muassasalari texnikumlarga birlashyapti – tizimda qanday o‘zgarishlar bor?
16:29 / 21.10.2024
Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi
14:41 / 11.10.2024