O‘zbekiston | 09:53 / 17.06.2022
9258
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston o‘rik eksportini qariyb 40 foizga oshirdi

O‘rik eksporti 747 tonnaga yoki 36 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-may oylarida xorijiy davlatlarga qiymati qariyb 3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,8 ming tonna o‘rik eksport qilgan. 

Qayd etilishicha, o‘rik eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 747 tonnaga yoki 36 foizga oshgan. 

2022 yilning 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p o‘rik eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda – 1,5 ming tonna.

Shuningdek, Qozog‘istonga 860 tonna, Qirg‘izistonga esa 429 tonna o‘rik olib borilgan.

2022 yilning 5 oyida xorijga eng ko‘p o‘rik eksport qilgan hududlar quyidagicha:

  • Farg‘ona viloyati – 1,2 ming tonna;
  • Xorazm viloyati – 311 tonna;
  • Toshkent viloyati – 236 tonna.

Mavzuga oid