O‘zbekiston | 08:04 / 17.06.2022
9371
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda so‘nggi 3 yilda kiberjinoyatlar soni bir necha baravarga oshgan

So‘nggi 3 yilda kiberjinoyatlar soni bir necha baravarga oshib ketgan. Bu haqda AOKAda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Foto: t.me/Rasmiy_xabarlar_Official

“Rasmiy xabarlar” kanalida xabar berilishicha, O‘zbekistonda 25 mln nafardan ortiq internet foydalanuvchilari mavjud. O‘tkazilgan tahlil natijalari bugungi kunda mamlakatda kiberjinoyatchilikning o‘sish tendensiyasi kuzatilayotganidan dalolat bermoqda.

So‘nggi 3 yilda kiberjinoyatlar soni bir necha baravarga oshib ketgan. Jumladan, kiberjinoyatchilikning bir qator turlari sodir bo‘layotgani kuzatilmoqda.

Ular quyidagicha:

  • firibgarlar plastik karta foydalanuvchilariga kelgan SMS-xabarnomadagi kodlarni to‘lovni amalga oshirish, yutuqni berish kabi bahonalar orqali egallab, undagi mablag‘larni o‘zlashtirishi;
  • shaxsiy ma’lumotlarni egallash va ularni oshkor qilish bilan qo‘rqitib tovlamachilik qilishi (kibertovlamachilik);
  • ijtimoiy tarmoqda zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitishi, haqorat, suitsid holatlari (kiberbulling) va boshqalar.

Mavzuga oid