Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy eng zamonaviy aviatashuvchi kemasini suvga tushirdi
Kemaning suv sig‘imi 80 ming tonnadan ortiq. U oddiy tramplin o‘rniga elektromagnit katapultalar bilan jihozlangan. Uzunligi 320 metrli kemaga Tayvanga eng yaqin masofada joylashgan Futszyan provinsiyasi nomi berilgan.
Xitoy o‘zining eng zamonaviy "Futszyan" aviatashuvchi kemasini suvga tushirdi, deb xabar berdi Reuters.
Xabarda aytilishicha, Shanhaydagi Jiangnan Shipyard verfi to‘laligicha Xitoy loyihasi asosida qurilgan uchinchi aviatashuvchi kemasini suvga tushirgan.
Kemaning suv sig‘imi 80 ming tonnadan ortiq. U oddiy tramplin o‘rniga elektromagnit katapultalar bilan jihozlangan. Bu samolyotlarning havoga tezroq ko‘tarilishi va ko‘p miqdorda yonilg‘i zaxirasiga ega bo‘lishiga imkon beradi.
Endilikda "Futszyan" jadvalga muvofiq sinovlardan o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, uzunligi 320 metrli kemaga Tayvanga eng yaqin masofada joylashgan Futszyan provinsiyasi nomi berilgan.
Kemadan faol foydalanish 2024 yilda boshlanishi mo‘ljallangan. Ungacha esa kema barcha kerakli qurilmalar bilan jihozlanadi.
Mavzuga oid
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:05 / 05.05.2025
Xitoyda kuchli shamol sayyohlik kemalarini ag‘darib yubordi. 10 kishi halok bo‘ldi
17:01 / 19.04.2025
Kongoda kema halokati oqibatida 148 kishi halok bo‘ldi
12:22 / 17.04.2025