Jamiyat | 18:16 / 20.06.2022
27861
1 daqiqa o‘qiladi

Nega Turkiyaga ketishadi? - SUBeKTIV'ning yangi soni

SUBeKTIV loyihasi ijodkorlari yangi ko‘rsatuv olish uchun Istanbulga bordi.

Xo‘sh, minglab hamyurtlarimiz yaxshi hayot izlab borayotgan shaharda ularni nimalar kutadi? Istanbulda ish topish, yashab ketish qanchalik oson, u yerdagi o‘zbeklar hayoti qanaqa?

Vatandoshlarimizning uylarida mehmon bo‘lib, shu kabi savollarga javob oldik va doimgidek sifatli kontent tayyorladik. Ko‘rsatuvimiz oxirida bu mavzuda o‘z sub’yektiv xulosamizni ham qisqacha aytib o‘tamiz.

SUBeKTIV dolzarb va rang-barang mavzularni o‘z yo‘nalishida ochib berishda davom etadi. Ko‘rsatuvlarimizni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang. Biz imkon qadar ko‘proq izohlarni kuzatib borishga harakat qilamiz: fikr-mulohazalaringizni albatta yozib qoldiring.

Jamshidxon Ziyoxonov,
muallif

Loyihamizni moddiy qo‘llab-quvvatlashni istagan vatandoshlarimizga:

Жамшид Зиёхонов
Muallif Жамшид Зиёхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid