Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilhom Aliyev O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 21 iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif asosiy tadbirlari bugun bo‘lib o‘tadi. Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Ozarboyjon o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Qayd etilishicha, muzokaralar natijalari bo‘yicha sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi, energetika, ilm-fan va innovatsiyalar, turizm va boshqa sohalarga doir ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Ertaga Xiva shahridagi tarixiy yodgorliklarni ziyorat qilish rejalashtirilgan, deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
21:04 / 02.05.2025