Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning 22ta harbiy samolyoti Tayvan havo hujumidan mudofaa hududiga kirdi
Orolga ikkita kemalarga qarshi samolyot, o‘nta qiruvchi, beshta qiruvchi-bombardimonchi, ikkita strategik bombardimonchi va boshqa harbiy samolyotlar yaqinlashgan.
Foto: Getty Images
Xitoy xalq ozodlik armiyasining 22ta samolyoti Tayvan havo hujumidan mudofaa hududiga kirdi. Bu haqda Tayvan mudofaa vazirligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, orolga ikkita kemalarga qarshi samolyot, o‘nta qiruvchi, beshta qiruvchi-bombardimonchi, ikkita strategik bombardimonchi va boshqa harbiy samolyotlar yaqinlashgan.
21 iyun kuni esa Tayvan mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa hududiga 29ta harbiy samolyot kirganini ma’lum qilgandi.
Tayvan amalda Xitoydan ayri davlat sifatida shakllangan, lekin rasman «Xitoy respublikasi» nomini saqlab turibdi. Mamlakatning o‘z konstitutsiyasi, armiyasi va saylangan hukumati bor. Fuqarolik urushi tugashi va 1949 yil materikda kommunistlar g‘alabasidan keyin saylangan hukumatini Tayvan Xitoydagi yagona qonuniy boshqaruv organi deb biladi.
Pekin Tayvanni o‘z provinsiyasi deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025