Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila a’zolariga moddiy yordam beriladi
O‘zbekistonda xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila a’zolariga moddiy yordam beriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.
Qonunchilikka ko‘ra, har yili hokim yordamchilari yozma tavsiyanomasiga asosan:
- boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan oilalarga BHMning 2 baravari (600 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi;
- mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 500 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi;
- mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O‘zbekistonda ular bilan birga yashovchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo‘llanma beriladi.
Mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan yoki “daftarlar”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yo‘llanmalar beriladi.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
19:21 / 01.05.2025