Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron va AQSh yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarni qaytadan boshlaydi
YeI diplomatiyasi rahbari Borrel Eron va AQShning yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarni boshlashi borasida kelishuvga erishdi.
Yevroittifoq Eron va AQShning yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarni tiklashiga yordam beradi. Bu haqda YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.
Borrelning qayd etishicha, u Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bilan uchrashuvida AQSh bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarni yaqin kunlar ichida tiklash borasida kelishuvga erishgan.
«Mening Tehronga tashrifimdan asosiy maqsad bitta – kelishuvlarga yangi turtki berish va yadroviy kelishuvni kerakli oqimga qaytarish», — dedi Borrel.
22 iyun kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Eron rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Tehronga borgandi.
U Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bilan yadroviy kelishuv atrofidagi vaziyatni muhokama qildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025