Sport | 13:03 / 27.06.2022
22632
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik taekvondochilar Osiyo chempionatida 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Bugun, 27 iyun kuni Janubiy Koreyaning Chunchon shahrida taekvondo bo‘yicha XXV Osiyo chempionati yakuniga yetdi. 

Foto: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi va jami 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

Ulug‘bek Rashidov, Jasur Jaysunov, Nikita Rafalovich va Shuhrat Saloyev barcha raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘lishdi va terma jamoa hisobiga 4 ta oltin medalni olib keldi.

Taekvondo WT assotsiatsiyasi ma’lumotiga qaraganda, bungacha mustaqil O‘zbekiston tarixida hech qachon Osiyo chempionatida 4 ta oltin medal qo‘lga kiritilmagan. 

Bildirilishicha, o‘zbekistonlik erkak taekvondochilar taekvondo vatani - Janubiy Koreyada mahalliy sportchilarni oltin medallar soni bo‘yicha dog‘da qoldirdi 4:3.

Bundan tashqari, eronlik erkak taekvondochilar Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilarga hech qanday qarshilik qila olmadi va bironta oltin medalni qo‘lga kiritmadi.

Mavzuga oid