O‘zbekiston | 09:43 / 29.06.2022
11726
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan yer silkinishi kuchi Surxondaryoda sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 2022 yil 29 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:30 da Afg‘onistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Yer silkinishi koordinatalari: 36,4 gradus shimoliy kenglik; 70,69 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,7. Chuqurlik 195 km. Zilzila episentri Toshkentdan 556 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Uzun tumanida 2 ball, 296 km.

Avvalroq, O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yuborgandi. Bu Afg‘onistonda ro‘y bergan zilzila oqibatida jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida amalga oshirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid