Farg‘ona viloyati tog‘oldi hududlarida muzli sel xavfi e’lon qilindi
Joriy yilning 29 iyunidan 3 iyuligacha bo‘lgan davrda tog‘larda yuqori harorat foni kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, shuning hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Bundan oldin O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi e’lon qilingandi.
Mavzuga oid

13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti

17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?

12:15 / 28.04.2025
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi

17:10 / 25.04.2025