Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni 65 yillik yubileyi bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Turkmaniston milliy kengashi xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat avvalida davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni 65 yillik yubileyi bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, birodar Turkmaniston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Gurbanguli Berdimuhamedovning zamonaviy Turkmanistonni barpo etish va mamlakat xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi qayd etildi.
Turkmaniston prezidenti Sardor Berdimuhamedovning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik doirasida ikki mamlakat ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Savdo va sanoat, transport va logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish hamda hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga e’tibor qaratildi.
Mintaqaviy hamkorlik dolzarb jihatlari, shu jumladan Afg‘onistonda mustahkam tinchlikni ta’minlashga va ushbu mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashga ko‘maklashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston yetakchisi shu kunlarda Turkmaniston poytaxtida o‘tkazilayotgan oltinchi Kaspiy sammiti muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.
Mavzuga oid
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025
Turkman xalqining milliy yetakchisi «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi
14:15 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandda muzokara o‘tkazdi
07:30 / 24.04.2025