Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallalarda ijtimoiy xizmatlar kompleks yondashuv asosida ko‘rsatiladi
“Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
“Huquqiy axborot” kanali xabarida aytilishicha, 2022 yil 1 iyuldan mahallalarda kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Mahallalarda kompleks yondashuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni joriy qilishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi tashkil qilindi.
2022 yil 1 noyabrgacha:
- mahallalardagi xotin-qizlar faollari har 2 haftada hududiy shtablarga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi: xonadonlar ahvoli, oilalar ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji; oilalarga aniq ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumotlar; murakkab operatsiyalarga, nogironlar protez-ortopediya buyumlariga ehtiyoji bo‘yicha buyurtmalar;
- hududiy shtablar ushbu ma’lumotlarni o‘z hududi kesimida umumlashtirgan holda 2 kunda muvofiqlashtirish shtabiga yuboradi;
- muvofiqlashtirish shtabi kelib tushgan ma’lumotlar asosida 3 kunda haqiqatda ijtimoiy xizmatga ehtiyojmand bo‘lgan oilalarga hududiy shtab a’zosi mas’ul xodimi tomonidan manzilli ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishini tashkillashtiradi.
2022-2023 yillarda respublika bo‘yicha jami 827 780 nafar (shundan joriy yilda 383 565 nafar) xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va ular bandligini ta’minlash nazarda tutilgan.
2022 yil 1 avgustdan dastlab Surxondaryo viloyatidagi mahallalarda (2022 yil 1 noyabrdan respublikaning boshqa barcha mahallalarida) “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etiladi.
Mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan xotin-qizlarni kasbga o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga BHM 4 barobaridan oshmagan miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi.
Mavzuga oid
19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda
09:56 / 22.01.2025
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmi joriy etiladi
14:28 / 14.01.2025
Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi
15:16 / 03.01.2025