Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga Turkiyadan 3,3 ming tonna tovuq go‘shti olib kelindi
Turkiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi aytildi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumot bilan chiqdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-may oylarida Turkiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmida tovuq go‘shti yetakchi pozitsiyani egallab turibdi – 3,3 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan tovarlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- mandarin – 3 ming tonna;
- makkajo‘xori – 2 ming tonna;
- kakao va shokolad – 961 tonna;
- olma – 874 tonna;
- qandolat mahsulotlari – 521 tonna;
- margarin mahsulotlari – 484 tonna;
- sut mahsulotlari – 319 tonna;
- banan – 197 tonna;
- bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 16 tonna.
Bundan oldin O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari asosan Qozog‘iston va Rossiyadan olib kelinayotgani xabar qilingandi.
O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-may oylarida import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda – 37,9 foiz.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025