Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lanka bosh vaziri mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Gotabaya Rajapaksa 13 iyul kuni prezidentlikdan iste’foga chiqishini rasman e’lon qilishini bildirgandi.
Foto: Getty Images
Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa bosh vazir Ranil Vikramasingheni mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinladi.
«Prezident vazifasini bajaruvchi bosh vazir mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi va g‘arbiy provinsiyada komendantlik soati joriy etdi», — deb ma’lum qildi Vikramasinghening kotibi Dinuk Kolombaj.
Shuningdek, Shri-Lanka prezidenti vazifasini bajaruvchi Vikramasinghe xavfsizlik kuchlariga tartibsizliklar uyushtirgan barchani qo‘lga olish va norozilik bildiruvchilarni tashuvchi transport vositalarini musodara qilishga buyruq berdi.
Shu bilan birga, Kolomboda yuzlab namoyishchilar prezident vazifasini bajaruvchining iste’fosini talab qildi.
Rajapaksaning o‘zi 13 iyul kuni prezidentlikdan iste’foga chiqishini rasman e’lon qilishini bildirgandi.
Shri-Lankadagi ommaviy tartibsizliklar may oyida so‘nggi 70 yildagi eng yomon iqtisodiy inqiroz fonida boshlangan. 9 iyul kuni namoyishchilar mamlakatning eng yirik shahri Kolombodagi prezident qarorgohiga bostirib kirishga harakat qilishdi.
Mavzuga oid
15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
11:33 / 24.02.2025
Shri-Lankada “advokat” sud zalida gumonlanuvchini otib tashladi
22:08 / 20.02.2025