Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
9 nafar o‘zbekistonlik bolalar Rossiyadan qaytarildi
Kecha, 15 iyul kuni O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxonasi xodimlari IIV va Sankt-Peterburg voyaga yetmaganlarni vaqtincha parvarishlash va saqlash muassasasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda 9 nafar ota-ona yoki qonuniy vakillari mavjud bo‘lmagan va ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘zbekistonlik bolalarni vatanga qaytardi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Ushbu voyaga yetmagan bolalarning aksariyat qismi ota-onalari Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lish tartibini buzgani sababli muqaddam mamlakatdan chiqarib yuborilgan bo‘lib, shu kunning o‘zida ushbu 9 nafar bolalarga bosh konsulxonada vatanga qaytish guvohnomalari rasmiylashtirildi hamda IIV mas’ul xodimlariga topshirildi.
Sankt-Peterburg yetim bolalar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni saqlash markaziga yaqin hamkorlik qilayotgani va u yerga turli sabablar bilan kelib tushayotgan o‘zbekistonlik bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgani uchun minnatdorlik bildirildi.
Mavzuga oid
08:50 / 22.05.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025