Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatining ayrim hududlarida muzli sel xavfi e’lon qilindi
Joriy yilning 18 iyulidan 24 iyuligacha bo‘lgan davrda tog‘larda yuqori harorat foni kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Qayd etilishicha, shuning hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Bundan oldin, iyun oyi oxirlarida ham Farg‘ona viloyati tog‘oldi hududlarida muzli sel xavfi e’lon qilingandi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
16:51 / 27.05.2025
Zominda sel avtomobil yo‘lini qum-tosh bilan yopdi
12:00 / 16.05.2025
17-19 may kunlari qator hududlarda sel xavfi e’lon qilindi
17:02 / 15.05.2025