Jahon | 21:37 / 16.07.2022
12134
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada jazirama issiq oqibatida 360 kishi vafot etdi

Mamlakat meteorologiya agentligi haroratning xavflilik darajasini sariq (xavfli) va to‘q sariq (yuqori darajada xavfli) deb e’lon qildi.

Foto: lasexta.com

Ispaniyada jazirama issiq  olti kun ichida 360 kishining umriga zomin bo‘ldi, deb xabar berdi «Yevropa Press».

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Karlos III salomatlik instituti ma’lumotlariga ko‘ra, birgina 15 iyul kuni yuqori harorat natijasida 123 kishi vafot etgan.

Xabar qilinishicha, mamlakatda havo harorati 45 darajagacha ko‘tarilgan.

Ispaniya meteorologiya agentligi haroratning xavflilik darajasini sariq (xavfli) va to‘q sariq (yuqori darajada xavfli) deb e’lon qildi.

Ayrim regionlarda bu ko‘rsatkich qizil darajagacha (favqulodda xavfli) belgilangan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid