Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi oshdi
Benzin ishlab chiqarish hajmi 1,8 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida 562,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 foizga oshgan.
2022 yilda oylar kesimida ishlab chiqarilgan avtomobil benzini hajmi:
- yanvarda – 97,8 ming tonna;
- fevralda – 98,2 ming tonna;
- martda – 92,6 ming tonna;
- aprelda – 93,7 ming tonna;
- mayda – 92,7 ming tonna;
- iyunda – 87,7 ming tonna.
Bundan oldin 6 oyda 50 mingdan ortiq yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025