Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosarlaridan biri o‘z xizmat xonasida mahalliy mas’uliyati cheklangan jamiyat ish yurituvchisidan 400 AQSh dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, mazkur mansabdor shaxs ushbu MChJni birja savdolari orqali un mahsulotlari sotib olishiga to‘sqinlik qilish, imtiyozlar bermaslik hamda «qora ro‘yxat»ga kiritish bilan qo‘rqitib, agarda 500 AQSh dollari bersa, kelgusida MChJga rahnamolik qilishini bildirgan va ushbu maqsadda muqaddam 1 mln. so‘m olgan.
Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan oldin Qo‘rg‘ontepa prokurori yordamchisi pora olayotganda ushlangandi.
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori yordamchisi 10 iyul kuni 1500 dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
17:42 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida MIB, soliq, bojxona xodimlari pora bilan ushlandi
19:09 / 28.10.2024
“Ko‘p miqdorda jarimam bor edi” – Samarqandda pora olgan IIB xodimi qamaldi
20:03 / 09.10.2024
Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi
17:35 / 03.10.2024