Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hafta davomida juda issiq harorat kuzatiladi
Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha issiq ob-havo saqlanib turadi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, respublika hududi bo‘yicha havo harorati 38-43 daraja issiq atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 daraja issiqqacha bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi va 21-23 iyul kunlari kunduzi havo 43-45 daraja issiqqacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 47 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Faqat respublika shimolida 23 iyulda issiq asta-sekin 37-42 darajagacha pasayadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol chang-to‘zonlar bilan
15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
18-24 iyul kunlari Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025