Yevropa bo‘ylab kuchli yong‘inlar. Fotolar
Yevropada issiq harorat rekordi o‘rnatilganidan bir hafta o‘tib ham qit’aning ko‘plab mamlakatlari kuchli o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashishda davom etmoqda. Bu yili Yevropada yong‘inlar mavsumi odatdagidan ertaroq boshlandi - bunga bahor noodatiy tarzda quruq kechishi sabab bo‘ldi. Mahalliy hukumatlar buni iqlim o‘zgarishlari oqibatlari sifatida ko‘rishmoqda.
Minglab akr maydonlar yonib ketgan va butun qit’a bo‘ylab minglab odamlar olov yaqinlashayotgan hududlardagi uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Quyida Yevropaning turli nuqtalaridagi holatlarni aks ettiruvchi dramatik tasvirlar.
Ispaniya
Payshanba kuni Kanar orollaridagi Tenerifeda ham yong‘inlar boshlandi. Olov bir necha shahar bo‘ylab tarqalgan, shamol esishi o‘t o‘chirish ishlarini qiyinlashtirmoqda. Tenerife aholisining bir qismi uy jonivorlari bilan xavfsiz hududlarga ko‘chishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Portugaliya
Fransiya
Qutqaruvchilar guruhining kunlar mobaynidagi sa’y-harakatlari tufayli Jironda departamenti janubi-g‘arbidagi ikkita yirik yong‘in o‘chog‘ini bartaraf etishning uddasidan chiqilgan. Olov o‘z ortidan minglab gektarlarda vayrongarchiliklar qoldirgan.
Italiya
Sloveniya
Payshanba va juma kunlari mamlakat g‘arbida, Italiya bilan chegaradosh hududlarda o‘rmon yong‘inlari kuchaydi. Krasa tumanidagi bir necha qishloqlar aholisi evakuatsiya qilingan, minglab o‘t o‘chiruvchilar olovga qarshi kurashga jalb etilgan, o‘rmonchilar esa olov yo‘lini to‘sish uchun daraxtlarni kesishmoqda.
Gretsiya
Lesbos orolining turistik rayonidan sayyohlar va mahalliy aholini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keldi. O‘rmon yong‘inlari aholi yashash uylarigacha yetib kelgan, plyaj kurortidagi obektlarga ham o‘t ketgan.
Mavzuga oid
23:36 / 11.10.2024
O‘rmon yong‘inlari Peru ekotizimi va yovvoyi tabiatini yakson qilmoqda
23:08 / 21.09.2024
Braziliyadagi qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari butun dunyoda qahva narxining oshishiga olib kelmoqda
23:46 / 18.09.2024
Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda holat e’lon qilindi
23:33 / 16.09.2024