Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Roskomnadzor «Novaya gazeta»dan litsenziyani olib qo‘yishni talab qildi
«Novaya gazeta» Roskomnadzorning nashrni litsenziyadan mahrum qilish talabi haqida xabar berdi, da’vo Moskvaning Basmanniy sudiga topshirildi. NG Ukrainada urush boshlanganidan keyin ishni to‘xtatgan.
Roskomnadzor «Novaya gazeta»ni litsenziyasidan mahrum etishni talab qildi. Nashrning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo Moskvaning Basmanniy tuman sudiga taqdim etildi, deb xabar qildi tahririyat 28 iyul, payshanba kuni. Bu da’vo nima bilan bog‘liqligi haqida xabar berilmagan.
Shu bilan birga, Roskomnadzor saytidagi kartoteka ma’lumotlariga ko‘ra, ta’sischilarning qarori bilan «Novaya gazeta» ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasining amal qilish muddati to‘xtatilgan.
2022 yil mart oyida «Novaya gazeta» nashrning saytda, ijtimoiy tarmoqlarda va qog‘oz ko‘rinishida chop etilishini Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tugaguniga qadar to‘xtatib turishini e’lon qildi. Tahririyat bu qarorini Roskomnadzordan ikkinchi ogohlantirish olgani, shu sababli «gazeta ishini davom ettira olmasligi» bilan izohladi. Rossiyani tark etgan NG jurnalistlari qisqa vaqtdan keyin «Novaya gazeta. Yevropa» xorijiy loyihasini ishga tushirishdi, u Bosh prokuratura talabiga binoan RFda bloklangan.
Iyun oyining o‘rtalarida «Novaya gazeta» bosh muharriri Dmitriy Muratov «NO» jurnalini chiqarish rejasini e’lon qildi. Iyul oyi o‘rtalarida u Rossiyada qolgan NG jurnalistlari tomonidan ishga tushirildi, biroq roppa-rosa bir hafta o‘tib uning sayti ham Bosh prokuratura talabiga binoan RFda bloklandi.
Mavzuga oid
09:33 / 20.12.2024
Roskomnadzor «YouTubeʼga qarshi choralar uchun asoslar»ni e’lon qildi
21:03 / 26.08.2024
Rossiya propagandasi Durov qo‘lga olinishini so‘z erkinligiga bosim deb atamoqda. Kremlning o‘zi yaqinda Telegram’ni bo‘ysundirishga uringandi
10:37 / 10.08.2024
Putin blogerlarga Roskomnadzorga o‘zi haqida xabar berish majburiyatini yukladi
08:01 / 30.07.2024