Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Hindistonning yetakchi universitetlari filiallari ochiladi
29 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurgan Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan uchrashdi.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlikni faollashtirishga, BMT va ShHT, shuningdek, «Hindiston – Markaziy Osiyo» formati doirasida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirishga tayyorligi ma’lum qilindi.
Yangi qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, transport, savdo va sanoat sohasida kelishuvlarni ishlab chiqish, Hindiston yirik kompaniyalarini O‘zbekiston hududida mahsulot ishlab chiqarishga jalb etish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi.
Ta’lim sohasidagi aloqalarni kengaytirish, O‘zbekistonda Hindistonning yetakchi universitetlari filiallarini ochish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali muhokama qilindi.
Afg‘onistondagi bugungi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Afg‘oniston masalasida maslahatlashuvlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025