Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftgaz”: “Uzbekistan GTL” zavodi Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi obektlari va Sho‘rtan gaz kimyo majmuasini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘i bilan tizim tasarrufidagi boshqarma va korxonalarda energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha aniq belgilangan rejalarga asosan amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Uzbekistan GTL” zavodida mavjud generatorlardan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasidan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi texnologik jarayonlarini va Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi obektlarini, “BATEMAN”, “KMPO” va “Shimoliy Nishon” siquv kompressor stansiyalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Ayni paytda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi va elektr uzatish sxemasi, tegishli hujjatlar va shartnomalar loyihasi tayyorlandi va “O‘zenergoinspeksiya”, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmalari bilan kelishuv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun keltirish joizki, “Uzbekistan GTL” MChJ va “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ korxonalari o‘rtasida “Ishlab chiqarilgan elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha” shartnoma imzolangan.

Ushbu shartnomaga asosan, “Uzbekistan GTL” zavodi tomonidan 2022 yil 1 iyulga qadar 23 mln 846 ming kVt*soat elektr energiyasi “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ tarmoqlari orqali elektr energiyasi yetkazib berildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi
17:51 / 27.12.2024
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?
22:19 / 19.12.2024