Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrining ikki tumanida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi
Bugun, 2 avgust kuni Toshkent shahrining Yunusobod hamda Yashnobod tumanlari aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 17:00 qadar vaqtincha o‘chirildi.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» xabariga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlari oldini olish, ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsad qilingan.
Bunda:
Yunusobod tumani - Xushnavo, A.Temur hamda Nurmuhamedova ko‘chalari;
Yashnobod tumani - Tabibiy Tabassum, Ohangrabo hamda Tursunxo‘jayeva ko‘chalarida yashovchi aholi xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chirildi.
Bildirilishicha, hududlardagi quvvati HL-0,4 kV bo‘lgan past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlaridagi eski alyumin simlarni yangi zamonaviy kabel tarmoqlariga almashtirish, transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu sababli, ushbu hududdagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» tasarrufidagi tuman elektr ta’minoti korxonalari ishchi-xodimlari tomonidan vaziyatni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilib, hududlarda tezkor brigadalar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi
09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi
07:30 / 21.04.2025