Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik jamg‘armasi nizomi tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va ular tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat siyosatiga ko‘maklashish jamg‘arma asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Jamg‘arma boshqaruvi oliy organi kengash bo‘lib, uning tarkibi prezident tomonidan tasdiqlanadi. Jamg‘arma faqat: O‘zbekiston hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan; tugatilish bosqichida bo‘lmagan; bankrotlik tartibi qo‘zg‘atilmagan; murojaat sanasidan kreditlar, soliqlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan qarz oluvchilar loyihalari bo‘yicha kompensatsiya beradi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari qarz oluvchilar tomonidan kafillik, kompensatsiyalar berilishi va to‘lovlar to‘lanishi shartlari, maqsadlari va tartibiga rioya etilishini tekshiradi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
14:26 / 29.04.2025