O‘zbekiston | 13:12 / 06.08.2022
27216
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Tesla YTHga uchradi

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida sodir bo‘lgan YTH haqida ma’lumot berdi.

Foto: IIBB YHXB

Bugun, 6 avgust kuni soat 8:30 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumani Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan N.N. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli transport vositasi va haydovchi, 1977 yilda tug‘ilgan D.T. boshqaruvidagi Tesla rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid