Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga baliq asosan Rossiyadan olib kelinyapti
6 oyda 4,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga 28 ta xorijiy davlatdan qiymati 7,7 mln dollarga teng bo‘lgan 4,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan.
Baliq va dengiz mahsulotlari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 6 oyida O‘zbekiston eng ko‘p baliq va dengiz mahsulotlarini import qilgan davlatlar ro‘yxatida Rossiya birinchi o‘rinni egallab turibdi – 2,2 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga:
- Vetnam – 802 tonna;
- Qozog‘iston – 415 tonna;
- Litva – 302,5 tonna;
- Norvegiya – 301 tonna;
- Latviya – 19,5 tonna;
- AQSh – 19 tonna;
- Xitoy – 12,5 tonna;
- Fransiya – 4,2 tonna.
Mavzuga oid
17:13 / 13.05.2025
Zarafshon daryosidan elektr toki yordamida baliq ovlagan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025