Moliyaviy nazorat inspeksiyasi vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining “Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Davlat moliyaviy nazorati departamenti negizida Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va hududiy boshqarmalari tashkil etildi.
- Hujjat bilan Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:
- inspeksiya maqomi, vazifalari va funksiyalari hamda huquqlari va javobgarligi;
- budjet normativlariga rioya etilishini ta’minlash, budjet tashkilotlari bilan birgalikda tizimli ravishda profilaktika ishlarini olib borish tartibi;
- masofaviy nazoratni faol qo‘llash va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali faoliyat samaradorligini oshirish usullari;
- davlat xaridlarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
- tizimda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklar oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, ularni aniqlash, tahlil qilish va yuzaga keltiruvchi omillarini bartaraf etish;
- inspeksiya faoliyatiga oid ma’lumotlar va nazorat tadbirlari natijalari yuzasidan hisobotlarni keng jamoatchilikka yetkazib borish.
Inspeksiyani ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U jamg‘arma mablag‘lari hisobini yuritish va mablag‘lardan foydalanish maqsadlari, daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan inspeksiya va hududiy boshqarmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
Mavzuga oid
13:37 / 06.09.2024
“Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi
12:09 / 25.08.2024
Oltin qimmatlashdi, Bitcoin narxi ham oshdi – xalqaro moliya bozori sharhi
11:36 / 04.08.2024
Bitcoin va dollar arzonlashdi, oltin qimmatlashdi – xalqaro moliya bozori sharhi
09:05 / 31.07.2024