Jamiyat | 13:26 / 10.08.2022
11687
2 daqiqa o‘qiladi

“Bolamning dardiga davo izlab musofirchilikdamiz”: 5 yoshli Jasmina yashashni istaydi

Jasmina 5 yoshga to‘ldi, ammo shu besh yilning har bir daqiqasini mash’um jigar sirrozi xastaligi bilan kurashib o‘tkazyapti. Ota-onasi uni davolatish uchun ko‘rsatmagan shifokorlari qolmagan. Yillar davomida og‘ir kasallik tufayli oilaning bor topgani muolajalarga sarflandi.

“Chora axtarib qizimni olib Hindistonga kelgan edik. Bu yerda jigar ko‘chirish operatsiyasi orqali bolam tuzalishi mumkinligini aytishdi. Lekin moddiy sharoitimiz bu amaliyot uchun to‘lanadigan pulni topishga yetmaydi. O‘zbekistonda 10 oylik chaqalog‘im insult sababli to‘shakka mixlangan buvisining qo‘lida qolgan. Turmush o‘rtog‘im oddiy ishchi. Shu bolamning dardiga davo izlab shu yerlarga kelganmiz”, - deya zorlanadi Jasminaning onasi Nasiba Durdiyeva.

Besh yillik davolanishlardan oilaning tinkasi qurigan. Yaxshilarning yordamida Hindistonga ketgan ona-bola bir oydan beri operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Ammo ularda operatsiya uchun kerakli mablag‘ yo‘q. Qizaloqning darddan forig‘ bo‘lishi uchun yana 18 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ kerak.

UzCard: 8600 0610 4682 7589 onasi Nasiba Durdiyeva nomida

HUMO: 9860 0801 6508 8305 onasi Nasiba Durdiyeva nomida

Manzil: Qoraqalpog‘iston respublikasi, To‘rtko‘l tumani, Chinoz ko‘chasi 7 uy.

Mavzuga oid