O‘zbekiston | 14:25 / 11.08.2022
20996
1 daqiqa o‘qiladi

Magic City’da ikki fotosuratchi o‘rtasida katta janjal yuz berdi

Joriy yil 6 avgust kuni kechqurun Magic City istirohat bog‘ida faoliyat yuritayotgan ikki fotosuratchi o‘rtasida janjal yuz bergan.

Foto: Milliy gvardiya

Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi, 20 yoshli Sh.D. hamkasbi, 25 yoshli H.K.ga o‘tkir tig‘li oshxona pichog‘i bilan o‘qtalgan.

Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar organi xodimlariga fuqaro Sh.D tomonidan qattiq qarshilik ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng, xodimlar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini yordamga chaqirgan va fuqaro qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, fuqaro H.K.ning salomatligi qoniqarli darajada.

Huquqbuzar Sh.D.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimi qonuniy talablarini bajarmaslik) bo‘yicha jazo turi qo‘llanilgan.

Mavzuga oid