O‘zbekiston | 09:40 / 11.08.2022
7958
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yod tanqisligi tarqalish darajasi necha foiz ekani ma’lum qilindi

Hozirda respublikada yod tanqisligi tarqalish darajasi 31 foizni tashkil etadi. Bunda ko‘rsatkich so‘nggi 20 yilda 2,5 baravardan ortiq pasaygan.

Foto: AOKA

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakillari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida endokrinologik kasalliklar oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha 665 milliondan ortiq odam endemik bo‘qoq va qalqonsimon bezning boshqa kasalliklaridan aziyat chekmoqda. 1,5 milliard inson esa yod tanqisligi xastaliklari rivojlanish xavfiga ega. 

Tadqiqotlarga ko‘ra, fuqarolar tomonidan kunlik o‘rtacha yod iste’moli sezilarli darajada kamaygan bo‘lib, bor-yo‘g‘i 32-64 mkg.ni tashkil etmoqda (zarur bo‘lgan minimal miqdori esa – 150-200 mkg).

Yodlash uchun iste’mol qilinadigan tuz namunalari tahlili hududlarda iste’mol qilinayotgan 10 foizdan 53,3 foizgacha osh tuzining tarkibida yod miqdori kamligi aniqlandi.

Mavzuga oid