Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh yirik o‘g‘irlik uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlikni ekstraditsiya qildi
O‘zbekiston IIV Interpol MMB katta miqdordagi o‘g‘irlik sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan shaxsni ushlash va topshirishga ko‘maklashdi.
Interpolning AQShdagi Milliy markaziy byurosi orqali qidiruvda bo‘lgan shaxs aniqlanib, qaytarildi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi byurosi xabar bermoqda.
O‘zbekiston Interpol MMB axborot bilan ta’minlash va AQSh vakolatli organlari xodimlari bilan hamkorlikda Jinoyat kodeksi 169-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan o‘ta yirik hajmdagi o‘g‘irlikni sodir etgani uchun ichki ishlar organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ushlanib, chiqarib yuborilgan.
Amerika tomoni, O‘zbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari va AQSh vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar, qo‘shma tezkor harakatlar va axborot almashinuvi natijasida qidiruvdagi shaxsni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Jinoyatda gumonlanayotgan shaxs AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) xodimlari hamkorligida Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga olib kelindi va O‘zbekiston Interpol xodimlariga topshirildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025