Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barkamol avlod» maktablari ayrim o‘quvchilariga pul mukofoti beriladi
“Maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi 2023 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan xalqaro tadbirlarda g‘olib bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolarini rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yadi.
Bunda, xalqaro tadbirlar g‘oliblari va ular o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdori quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
- 1-o‘rin (oltin medal) uchun — 15, o‘qituvchisiga — 12 baravari;
- 2-o‘rin (kumush medal) uchun — 10, o‘qituvchisiga — 8 baravari;
- 3-o‘rin (bronza medal) uchun — 8, o‘qituvchisiga — 6 baravari;
- laureat uchun — 6, o‘qituvchisiga — 4 baravari.
“Barkamol avlod” bolalar maktablari o‘quvchilari xalqaro miqyosdagi tadbirlarda ishtirok etishi o‘qigani uchun ota-onalardan to‘lovidan tushgan, budjetdan tashqari topilgan mablag‘lar va homiylar hisobidan amalga oshiriladi.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari Sirdaryo viloyati tajribasi asosida va umumta’lim muassasalari kutubxonalarini yangidan qurish individual loyihalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va umumta’lim muassasalari kutubxonalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash hamda jihozlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi zimmasiga yuklatiladi.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari mol-mulkidan samarali foydalanish hamda malakali kadrlar bilan ta’minlash Xalq ta’limi vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
Mavzuga oid
11:48 / 03.06.2023
2023-2024 o‘quv yilidan boshlab har bitta hududda «Barkamol avlod» bolalar maktablari tashkil etiladi
11:55 / 09.09.2022
110-maktabda kiyinish xonasiga kameralar o‘rnatilishi bilan bog‘liq mojaro kelib chiqdi
16:02 / 08.09.2022
Respublika ta’lim markazi rahbari yangi darslikka tadbirkor Murod Nazarov haqida ma’lumot qo‘shilganiga izoh berdi
22:46 / 07.09.2022