Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada mehnat migrantlari patentiga yangi band qo‘shiladi
Rossiya IIV patent olish uchun ariza shaklini ish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda kelgan xorijiy fuqaroning tashrifi to‘g‘risida xabar berishni nazarda tutuvchi yangi band bilan to‘ldirishni taklif qilmoqda. Bu haqda payshanba kuni idora matbuot markazi ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.
IIV mahkama tomonidan buyruq loyihasi tayyorlanib, jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilganini ta’kidladi. Unda patentni ro‘yxatdan o‘tkazish, uni qayta rasmiylashtirish, dublikatini berish yoki patent ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish munosabati bilan berilgan talabnomalar shakliga o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilgan.
Hujjat «RFda xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risida» federal qonun 1-moddasi 11-bandi «a» kichik bandining ikkinchi xatboshisini va RF ayrim qonun hujjatlarini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
«Shu asosda, buyruq loyihasi Rossiya Federatsiyasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda kelgan chet el fuqarosi patent olish uchun ariza berishda Rossiya Federatsiyasiga tashrif maqsadini o‘zgartirish to‘g‘risida xabardor qilishni nazarda tutuvchi patent talabnomasi shaklini qo‘shishni nazarda tutadi», - deyiladi matbuot markazi xabarida.
Umuman olganda, IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida mehnat migrantlari uchun 1 milliondan ortiq patent rasmiylashtirilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 167 mingtaga ko‘pdir
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
19:21 / 01.05.2025