Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga boradi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov an’anaviy brifingda bu haqda ma’lum qildi.
17-18 avgust kunlari prezidentimiz ikki Muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga boradi.
Tashrif dasturiga muvofiq Jidda shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Ularda mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Alohida e’tibor “yashil iqtisodiyot”, yuqori texnologiyalar va raqamlashtirish, innovatsiyalar, kichik biznes va tadbirkorlik sohalariga qaratiladi.
Sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlarning katta to‘plami imzolanishi kutilmoqda.
Shuningdek, davlat rahbari Saudiyaning yetakchi kompaniyalari, nufuzli xalqaro tuzilmalar – Islom hamkorlik tashkiloti va Islom taraqqiyot banki rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Shu bilan birga, prezident Makkayi Mukarrama va Madinai Munavvarani ziyorat qiladi.
“Shuni aytib o‘tish kerak – ushbu tashrif oxirgi 30 yilda O‘zbekiston prezidentining Saudiya Arabistoniga birinchi tashrifi bo‘ladi” — dedi Sherzod Asadov.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025