O‘zbekiston | 10:26 / 17.08.2022
6106
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston Rossiyaga 45 ming tonna shaftoli yetkazib berdi
O‘zbekiston 2022 yil 7 oyida xorijga qiymati 50 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 53,4 ming tonna shaftoli eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shaftoli eksporti o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda qariyb 16 ming tonnaga oshgan.
2022 yil 7 oyi davomida O‘zbekiston shaftoli eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilyapti – 45,5 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Qirg‘iziston – 4,6 ming tonna;
- Qozog‘iston – 2,7 ming tonna;
- Turkmaniston – 412 tonna;
- Belarus – 241 tonna;
- Mo‘g‘uliston – 7,1 tonna;
- BAA – 4 tonna.
Mavzuga oid
18:44
Yevropa yangi energetika inqiroziga duch kelmoqda - OAV
15:56
Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qurilish sohasida ishga olmoqchi
14:18
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
14:15