O‘zbekiston | 09:44 / 18.08.2022
3498
2 daqiqa o‘qiladi

6 oy ichida 41 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi

Respublika bo‘yicha 1278 ta sudyaning 174 nafari ayol sudya, ularning 26 nafari rahbar sudya lavozimida ishlaydi.

Foto: AOKA

AOKAda Sudyalar oliy kengashi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida "Sudyalar korpusini shakllantirish: ochiqlik, shaffoflik va natijalar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda ma’lum qilinishicha, 2022 yil yarim yilligida 185 nafar sudya ochiq va oshkora o‘tkazilgan tanlovlar natijasida tayinlangan. 

Tayinlanganlar muhokama etilgan nomzodlarning 62,5 foizi bo‘lib, ular 7 nafari sudyalik lavozimida bo‘lishning 5 yillik, 66 nafari 10 yillik, 1 nafari muddatsiz davrga tayinlangan bo‘lsa, 11 nafari vakolati muddatiga qayta tayinlangan.  

2022 yil yarim yilligida Sudyalar oliy kengashi tomonidan jami 41 nafar sudyaning vakolati muddati ilgari tugatilgan. 

Shundan, o‘z arizasiga asosan lavozimidan ozod etilgan sudyalar soni 21 nafar, arizasi hamda odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun 12 nafar, odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani, sud ishini tashkil etishda beparvolik va intizomsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun 1 nafar, qasamyodni buzgani sababli 3 nafarni tashkil qiladi. 

Bundan tashqari, 227 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Mavzuga oid