O‘zbekiston | 13:26 / 19.08.2022
8873
1 daqiqa o‘qiladi

7 oyda eng ko‘p «Kobalt» avtomobili ishlab chiqarildi

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yil yanvar-iyul oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni ma’lumot qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 7 oyda eng ko‘p “Kobalt” avtomobili ishlab chiqarildi - 52 903 dona.

Undan keyingi o‘rinlardan 47 600 dona ishlab chiqarilgan “Lasetti-Jyentra” va 39 779 dona ishlab chiqarilgan “Damas” joy oldi.

Bundan tashqari, “Nexia T-250” avtomobili 14 237 dona ishlab chiqarilgan bo‘lsa, “Spark” - 7 548 dona

O‘z navbatida, maxsus yengil avtomobillarni ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 11 008 donani tashkil etdi.

Mavzuga oid