O‘zbekiston | 16:23 / 22.08.2022
10163
1 daqiqa o‘qiladi

Savdo-sanoat palatasi hukumat bo‘ysunuvidan to‘liq chiqariladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy bo‘linmalarining faoliyati ham tubdan o‘zgarishini aytdi. 

Bundan buyon, ular:

  • tuman, shahar tadbirkorlarini birlashtirib, ularni qiynayotgan muammo va masalalarni aniqlash bilan amalda shug‘ullanadi;
  • har bir tuman va shaharda ilg‘or metodikalar asosida biznesga o‘qitish maktablarini tashkil qiladi;
  • hokim va boshqa hududiy rahbarlarga ko‘rib chiqishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish vakolatiga ega bo‘ladi;
  • mahalliy kengash va hokimlar bilan har oy kamida ikki marta tanqidiy muhokamalarni o‘tkazadi.

Savdo-sanoat palatasining o‘ziga:

  • hukumatga ko‘rib chiqishi majburiy bo‘lgan masala kiritish;
  • tadbirkor manfaatini ko‘zlab Oliy sudga ariza berish hamda iqtisodiy, ma’muriy va jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan shikoyat kiritish vakolatlari beriladi.

Savdo-sanoat palatasi hukumat bo‘ysunuvidan to‘liq chiqariladi, dedi prezident.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid