Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Erdo‘g‘an va Asad O‘zbekistondagi ShHT sammitida uchrashishi mumkin
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Suriya yetakchisi Bashar Asad Samarqandda ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi mumkin. Ikki davlat rahbarlari 2011 yildan beri gaplashmayapti.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammitiga taklif qildi, deb xabar bermoqda Eronning Tasnim agentligi manbalarga tayanib. Putin sammitga Suriya prezidenti Bashar Asadni ham taklif qildi.
Matbuot xabarlariga ko‘ra, Turkiyaning «Vatan» partiyasi rahbari Do‘g‘u Perinchek yaqin orada delegatsiya tarkibida Suriyaga jo‘nab ketadi va u yerda Bashar Asad bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazadi. Perinchek bilan bir qancha sobiq vazirlar va «turk diplomatiyasi faxriylari» safarga chiqadi. Ishtirokchilarning aniq soni va delegatsiya tarkibi keltirilmagan. Safar hisoboti Turkiya rasmiylariga taqdim etiladi.
Uchrashuvda aloqalarni tiklash, Suriya shimolida terrorizmga qarshi birgalikda kurashish va qochqinlarni qaytarish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Tasnim xabariga ko‘ra, agar bu uchrashuv «ijobiy» bo‘lsa, Turkiya va Suriya prezidentlari ShHTning bo‘lajak yig‘ilishi doirasida uchrashishi mumkin.
Turkiyaning Turkiye gazetasi avgust oyi boshida Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Bashar Asad telefon orqali muloqot qilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Ikki davlat rahbarlari 2011 yildan beri gaplashmayapti. Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bo‘lajak muzokaralar haqidagi ma’lumotni rad etdi. Diplomatik idora rahbari Mavlud Chavusho‘g‘li Suriya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar haqida hozir «gap-so‘z ham bo‘lishi mumkin emas» dedi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV
20:54 / 23.04.2025
Rossiya Bashar Asadni Suriyaga topshirishdan bosh tortdi
17:47 / 17.04.2025