Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi 21-sonli mehribonlik uyi o‘z faoliyatini yakunladi
Poytaxtdagi 21-sonli mehribonlik uyining eshiklari yopildi. Bu haqda Mehribonlik.uz xabar berdi.
Toshkentdagi mazkur mehribonlik uyida 5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 122 nafar bola tarbiyalandi. Bugungi kunda 67 nafar tarbiyalanuvchi oilaviy sharoitda voyaga yetayotgan bo‘lsa, ularning 12 nafari bugun poytaxtda barpo etilgan 5 ta oilaviy bolalar uyida ulg‘aymoqda. 6 nafar bola ota-onasi yoki yaqin qarindoshlariga qaytarilgan.
Qayd etilishicha, bu bolalar ota-onasidan birini yo‘qotgan yoki butunlay ota-onasidan ayrilgan bolalardir, biroq Milliy gvardiya va hamkor vazirliklar sa’y-harakatlari bilan ularning qarindoshlari topilib, oilasi bag‘riga qaytarildi. 50 dan ortiq o‘g‘il-qizlar vasiylikka olingan. Bolalar 18 yoshga to‘lib, voyaga yetgach muassasani tark etgan.
Natijada, 21-sonli mehribonlik uyida atigi 27 nafar tarbiyalanuvchi qoldi. Shu bois, barcha bolalar poytaxtda joylashgan 22-sonli mehribonlik uyiga o‘tkazildi. 21-sonli mehribonlik uyi o‘z faoliyatini yakunladi.
Bundan oldin 21-mehribonlik uyida bolalar norozilik namoyishi uyushtirgandi.
Mavzuga oid
15:31 / 03.05.2025
Belarus O‘zbekistonda yig‘ma yog‘och uylarni ishlab chiqarishni tashkil etishi mumkin
12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
09:02 / 03.04.2025
Toshkentda uy ichida qulflanib qolgan keksa ayolga yordam ko‘rsatildi
08:53 / 31.03.2025